Shahrisabzda erkak sobiq YPX xodimini pichoqlab o‘ldirdi
Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, qamoqqa olindi va tergov ishlari boshlandi.

Qashqadaryoda erkak sobiq YPX xodimini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Voqea 1-iyun kuni Shahrisabz shahridagi “Sinabog‘” mahallasida sodir bo‘lgan. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 48 yoshli sobiq YPX xodimi bo‘yniga pichoq bilan yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan. Erkak kasalxonaga yotqizilgan, biroq shifokorlar erkakni qutqara olmagan.
Gumonlanuvchi 37 yoshli fuqaro bo‘lib, huquq-tartibot idoralari xodimlari uni hibsga olgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Erkak 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada muqaddam sudlangan erkak qo‘shnisini pichoqlab, jasadini yoqib yuborgandi. Fuqarolar o‘rtasida avval ham mojaro kelib chiqqan, shundan so‘ng marhum qamoqxonada jazo muddatini o‘tagan.
Izohlar