O‘zbekistonda YHQni buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi
O‘zgarishlar BHM miqdorining oshishi bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda 1-avgustdan BHM miqdori qariyb 10 foizga — 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga oshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda BHM miqdori ham oshiriladi. Shu tariqa, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori quyidagicha o‘zgaradi:
- xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima — 206 ming so‘m (hozir 187,5 ming so‘m);
- dorilar qutisi, nimcha, o‘t o‘chirgich, avariya to‘xtash belgisi va texnik ko‘rikdan o‘tmaganlik uchun jarima — 206 ming so‘m (hozir 187,5 ming so‘m);
- yo‘l belgilari talablariga rioya qilmaslik, piyodalar yo‘lakchasidan harakatlanish uchun jarima — 206 ming so‘m (hozir 187,5 ming so‘m);
- hujjatsiz yurganlik uchun jarima – 412 ming so‘m (hozir 375 ming so‘m);
- sug‘urtasiz yurganlik uchun jarima — 412 ming so‘m (hozir 375 ming so‘m);
- qizil chiroqda yurganlik uchun jarima — 824 ming so‘m (hozir 750 ming so‘m);
- belgilanmagan joyda to‘xtaganlik uchun jarima — 824 ming so‘m (hozir 750 ming so‘m);
- rulda telefondan foydalanganlik va gaplashganlik uchun jarima — 1 mln 236 ming so‘m (hozir 1 mln 125 ming so‘m);
- raqamsiz yurganlik uchun jarima — 2 mln 60 ming so‘m (hozir 1 mln 875 ming so‘m);
- tezlikni 20 km/soatgacha oshirganlik uchun jarima — 412 ming so‘m (hozir 375 ming so‘m);
- tezlikni 20 dan 40 km/soatgacha oshirganlik uchun jarima — 2 mln 60 ming so‘m (hozir 1 mln 875 ming so‘m);
- tezlikni soatiga 40 kilometrdan oshirganlik uchun jarima — 3 mln 708 ming so‘m (hozir 3 mln 375 ming so‘m);
- qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqqanlik uchun jarima — 4 mln 120 ming so‘m (hozir 3 mln 750 ming so‘m);
- mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun jarima — 6 mln 180 ming so‘m va 3 yilgacha huquqdan mahrum qilish (hozir 5 mln 625 ming so‘m);
- mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun jarima — 10 mln 300 ming so‘m va 3 yilgacha huquqdan mahrum qilish (hozir 9 mln 375 ming so‘m);
- tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositasidan ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun jarima — 10 mln 300 ming so‘m (hozir 9 mln 375 ming so‘m);
- oynalari qoraytirilgan transport vositasidan ruxsatnomasiz bir yil davomida takroran foydalanganlik uchun jarima — 8 mln 240 ming so‘m (hozir 7 mln 500 ming so‘m).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va stipendiyalar oshadigan sana ma’lum bo‘ldi. Bolalar nafaqalari ham oshadi.
Izohlar