Avto

Toshkentda Qurbon hayiti kuni masjidlar atrofida avtomobillar harakati cheklanadi

IIBB cheklovlar fuqarolarga qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashga yordam berishini ma’lum qildi.

Toshkentda Qurbon hayiti kuni masjidlar atrofida avtomobillar harakati cheklanadi

6-iyun — Qurbon hayiti kuni Toshkent shahridagi 122 ta masjidga tutash ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar hayit namozi vaqtida soat 00:00 dan 08:00 gacha amal qiladi. Yopilishlar poytaxtning barcha tumanlariga ta’sir qiladi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “To‘ra buva” masjidi yonida;
  • Olmazor tumani: “Islomobod”, “Hazrati Imom”, “Do‘stjonboy” masjidlari yonida;
  • Shayxontohur tumani bo‘yicha: “Shayx Zayniddin”, “Xo‘ja Alambardor”, “Ko‘h Ota”;
  • Chilonzor tumani: “Novza”, “Ubay ibn Ka’b” masjidlari yonida;
  • Yunusobod tumani: “Minor” va “Mirzo Yusuf” masjidlari yaqinida;
  • Bektemir, Uchtepa, Sergeli, Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroy tumanlari: ushbu tumanlardagi masjidlar yonidagi yo‘l qismlarida.

Bundan tashqari, masjidlarga olib boruvchi boshqa ko‘chalarda ham harakat cheklanadi. Haydovchilardan yo‘nalishlarni rejalashtirishda buni inobatga olish va aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘nalishlar to‘rt kun davomida amal qiladi.

Izohlar

Mavzuga oid