Dunyo

Avstriyada noma’lum shaxs maktabga bostirib kirib, otishma sodir etdi — video

Oqibatda 11 kishi atrofida halok bo‘ldi.

Avstriyada noma’lum shaxs maktabga bostirib kirib, otishma sodir etdi — video

Avstriyada noma’lum shaxs maktabga bostirib kirib, otishma uyushtirdi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor, deb yozadi Kronen Zeitung.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Grats shahrida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs ikki sinfda otishma sodir etgan. Hodisa oqibatida 11 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni noma’lum.

Qayd etilishicha, voqea joyiga politsiya yetib kelgan, maktabda tintuv o‘tkazilmoqda. Bosqinchi o‘lik holda topildi.

Avvalroq Texasda 18 yoshli yigit maktabda otishma sodir etgani haqida xabar berilgandi. Amerika maktabidagi otishma ikki o‘quvchining mushtlashuvi tufayli sodir bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid