Bangladeshda sobiq bosh vazirni hibsga olishga order berildi
Shayx Hasinaning o‘g‘li u rasman hamon hukumat rahbari bo‘lib qolayotganini aytdi.

Bangladeshda mamlakatning sobiq bosh vaziri va sobiq ichki ishlar vazirini hibsga olishga order berildi, deb yozadi Dhaka Tribune.
Ma’lumotlarga ko‘ra, order mamlakatning jinoiy ishlar bo‘yicha xalqaro tribunali tomonidan chiqarilgan, chunki ikkala siyosatchi ham 2024-yil iyul-avgust oylarida mamlakatni qamrab olgan ommaviy norozilik namoyishlari paytida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblanmoqda. Oqibatda namoyishning shafqatsizlarcha bostirilishi oqibatida yuzlab talabalar va mahalliy aholi jabrlandi.
Talabalarning ishga joylashish kvotalari bo‘yicha noroziligi ortidan mamlakatda yuzaga kelgan tartibsizliklardan so‘ng Bangladeshga harbiy kuchlar kiritildi. Shundan so‘ng mamlakatning sobiq bosh vaziri Shayx Hasina mamlakatni tark etdi. Uning o‘g‘lining aytishicha, amalda yo‘qligi va siyosiy bosimga qaramay, u rasman hamon hukumat rahbari bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, rasmiylar sobiq ichki ishlar vaziri Asaduzaman Xon Kamolni hibsga olishga order berdi.
Avvalroq Bangladeshning sobiq bosh vaziriga 50 xil ayblov qo‘yilgani xabar qilingandi. Ko‘pchiligi qotillik bilan bog‘liq.
Izohlar