Dunyo

O‘zbekiston AQSHda diplomatlar halok bo‘lgani munosabati bilan Isroilga hamdardlik bildirdi

Isroil prezidenti jinoyatni antisemitizmning qabih harakati deb atadi.

O‘zbekiston AQSHda diplomatlar halok bo‘lgani munosabati bilan Isroilga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston elchixonasi AQShdagi Kolumbiya okrugida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki nafar isroillik diplomat halok bo‘lgani munosabati bilan Isroilga hamdardlik bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 21-may kuni Vashingtondagi Yahudiylar muzeyi yaqinida sodir bo‘lgan. 30 yoshli erkak shahar markazida otishma uyushtirdi, natijada Isroil elchixonasining ikki xodimi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Jinoyatchi Yahudiylar muzeyida G‘azo aholisiga yordam ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilish ishtirokchilariga qarata o‘t ochgan.

Huquq-tartibot xodimlari huquqbuzarni hibsga olishga muvaffaq bo‘lishdi. U taxminan falastinparast bo‘lgan chikagolik Elias Rodriges bo‘lib chiqdi. Mahalliy huquq-tartibot idoralari xabariga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida erkak “Falastinni ozod qiling” shiorini baland ovozda aytgan. Tartib posbonlari unga birinchi darajali qotillikning ikkita epizodi va boshqa bir qator moddalar, jumladan, chet ellik mansabdor shaxsning o‘ldirilishi bo‘yicha ayblov qo‘yishdi.

“Vashingtonda sodir bo‘lgan voqeadan hayratdaman. Bu nafrat va antisemitizmning jirkanch harakati bo‘lib, Isroil elchixonasining ikki yosh xodimining hayotiga zomin bo‘ldi”, — dedi Isroil prezidenti Isxak Gersog ijtimoiy tarmoqda.

O‘zbekiston elchixonasi Isroilga hamdardlik bildirib, ushbu jirkanch harakat va diplomatik xodimlarga qarshi har qanday tajovuzlarni qabul qilib bo‘lmaydigan va xalqaro huquq normalariga zid ekanligini qat’iy qoralashini ma’lum qildi. Isroilning mamlakatdagi diplomatik missiyasi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Avvalroq Tramp Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar ishtirokchilarini mamlakatdan chiqarib yuborishga ko‘rsatma bergani xabar qilingandi. AQSH prezidenti 2023-yil 7-oktyabrda HAMASning Isroilga hujumidan keyin antisemitizm avj olganidan xavotirda.

Izohlar

Mavzuga oid