Qotillik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Salvadordan topildi
Erkak ekstradisiya qilinib, Rossiya huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.

El-Salvadordan bir necha yildan buyon Rossiyada sodir etilgan qotillik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi, deb yozadi “RBK”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda Sankt-Peterburgda erkak janjal oqibatida boshqa bir kishini o‘ldirib qo‘ygan, shundan so‘ng u xorijga qochib ketgan. 2023-yil may oyida Interpol huquqbuzarni Salvador hududida qo‘lga oldi. Ushbu davlat Markaziy Osiyodagi eng kichik davlat hisoblanib, uzoq vaqt davomida dunyodagi eng xavfli hududlardan biri unvoniga ega bo‘lgan.
Rossiya Bosh prokuraturasi huquqbuzarni ekstraditsiya qilishni so‘ragan. 25 may kuni mamlakat iltimosi qanoatlantirildi va gumonlanuvchi Rossiya huquq-tartibot idoralariga topshirildi, ular uni Moskvaga jo‘natishdi. Mamlakat IIV ushbu qaror jinoiy ta’qib sohasidagi xalqaro hamkorlikning noyob namunasi bo‘lganini ta’kidladi.
Avvalroq odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada topilgani haqida xabar berilgandi. Erkak O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinib, tergov izolyatoriga joylashtirilgan.
Izohlar