Dunyo

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak voyaga yetmagan qizni bolalar maydonchasidan olib ketib, u bilan dom podyezdida “tunab qoldi”

Qiz erkak uning kiyimlarini yechib, o‘pganini aytgan.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak voyaga yetmagan qizni bolalar maydonchasidan olib ketib, u bilan dom podyezdida “tunab qoldi”
Фото: Ситуативное

Rossiyada O‘zbekistondan kelgan muhojir o‘smir qizni bolalar maydonidan olib ketib, u bilan ko‘p qavatli uyning yo‘lagida tunab qolgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea 31-may kuni Sankt-Peterburgda sodir bo‘lgan. 15 yoshli qizning ota-onasi u kechqurun soat 7 lar atrofida yo‘qolib qolganini aytishgan. Huquq-tartibot xodimlari kuzatuv kameralarini tekshirib, o‘smirni 49 yoshli noqonuniy muhojir olib ketganini aniqlagan.

Huquq-tartibot idoralari erkakning qidiruv e’lonini IIVning hududiy bo‘limlariga yuborgan. Ertasi kuni qiz Rudnev ko‘chasidagi uy yonidan topilgan. Ota-onasi huzurida u bolalar maydonidan notanish erkak bilan ketganini, so‘ng ular ko‘l tomon yurganlarini va u yerda skameykada o‘tirganlarini aytgan. Keyin ular ikkalasi uyning 13-qavatiga ko‘tarilib, o‘sha yerda tunab qolishgan.

Qizning aytishicha, erkak uning kiyimlarini yechib, o‘pgan, ertalab esa u jamoat transportida uyiga qaytgan. Mutaxassislar maktab o‘quvchisini tekshirib, uning bo‘ynida ko‘plab yuzaki jarohatlar borligini aniqlagan. Qizning ahvoli qoniqarli deb baholangan. Huquq-tartibot idoralari jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ilgari erkak qotillik bilan tahdid qilgani uchun javobgarlikka tortilgan, ammo ish tomonlarning yarashuvi bilan yopilgan.

Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik fuqaro akvaparkda 15 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani xabar qilingandi. Erkak mamlakatda noqonuniy ravishda yashagan.

Izohlar

Mavzuga oid