Dunyo

Shavkat Mirziyoyev va Robert Golob qo‘shma bayonotni imzoladi

Diplomatik pasport egalari viza talablaridan ozod qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev va Robert Golob qo‘shma bayonotni imzoladi

22-may kuni Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob qo‘shma bayonotni imzoladi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat vakillari ishtirokida ikki tomonlama kelishuvlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tgan. Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular:

  • diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida;
  • ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • transport va logistika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • “aqlli” shaharlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Natasha Pirs Musar tor doirada muzokara o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tomonlar Sloveniyaning yetakchi kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishga kelishib olgan.

Izohlar

Mavzuga oid