Andijonda yoqilg‘i quyish shoxobchasi sifatsiz benzin sotgani aniqlandi
Korxona jarimaga tortildi va barcha qoidabuzarliklarni tuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Andijon viloyatida yoqilg‘i quyish shoxobchasi sifatsiz benzin sotgan, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Tekshiruv davomida mutaxassislar tomonidan Jalaquduq tumanidagi “BK” MCHJ tomonidan sotilayotgan AI-92 rusumli benzin namunalari tanlab olinib, laboratoriya sharoitida tekshirildi. U davlat standarti talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
Kompaniya 48,3 mln so‘m jarimaga tortildi. Shuningdek, sifatsiz va qoldiqlari aniqlangan neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Jizzaxda suyultirilgan benzin sotuvchi shoxobcha yopib qo‘yilgandi. Huquq-tartibot idoralari korxonani 20 million so‘m jarimaga tortgan.
Izohlar