Namanganda yashovchi erkak tomorqasida o‘nlab tup kanop o‘stirgani aniqlandi
Fuqaro qo‘lga olindi, unga uch yil qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Namangan viloyatida 17-may kuni IIB xodimlari tomorqasida kanop yetishtirayotgan fuqaroni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan “Qoradori-2025” tadbiri davomida Namangan shahrining “Sohil” mahallasida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z tomorqasida 73 tup kanop o‘simligi parvarishlagani aniqlangan. Fuqaro qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (O‘stirish taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov boshlandi, erkak 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda erkak uyida nasha yetishtirgan va pnevmatik qurol saqlagan. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izohlar