“Qamchiq” dovonida Nexia yuk mashinasiga urilib yonib ketdi — video
Qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirib, jabrlanganlarni kasalxonaga yetkazdi.

5-iyun kuni “Qamchiq” dovonida Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga urilgan, natijada yo‘lda yong‘in yuz bergan. Bu haqda FVV matbuot xizmati NOVA24`ga ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, hodisa A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 135-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldinda ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Buning oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Hodisa natijasida Nexia haydovchisi va uch nafar yo‘lovchi jarohat olib, Angren shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Mutaxassislar yong‘inni muvaffaqiyatli bartaraf etishga erishdi.
Avval xabar qilinganidek, Toshkent markazida Damas yonib, olov Cobaltga o‘tgandi. Yong‘in-qutqaruv guruhi tezda voqea joyiga yetib kelib, yong‘inni o‘chirgan.
Izohlar