Hodisa

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi — video

Fuqarolar evakuatsiya qilinib, manzilga yetkazilgan, hech kim jabrlanmagan.

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi — video

5-iyun kuni Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yonib ketdi, deya xabar qildi Qozog‘iston FVV axborot xizmati.

Hodisa Qarag‘anda viloyati Abay tumani hududidan o‘tuvchi Ostona—Qarag‘anda—Olmaota avtomobil yo‘lining 960-kilometrida sodir bo‘lgan. Ostona—Chimkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusining motor qismida yong‘in sodir bo‘ldi.

Motor bo‘limidagi yong‘in qutqaruvchilar yetib kelguncha o‘chirildi. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi va yo‘l bo‘yidagi kempingga yetkazildi. Salonda 34 nafar yo‘lovchi, jumladan, 9 nafar bola bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor. Jabrlanganlar yo‘q.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Qozog‘iston bilan chegarada uzun navbatlarda qolib ketgani xabar qilingandi. Fuqarolar avtomobillar nazorat-o‘tkazish punktlari orqali ulkan kechikish bilan o‘tkazilayotganidan shikoyat qilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid