Hodisa

Samarqandda ayol 15 yoshli jiyanini sotmoqchi bo‘ldi

O‘smir ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan shug‘ullanadigan qishloqda yashagan.

Samarqandda ayol 15 yoshli jiyanini sotmoqchi bo‘ldi

Samarqand viloyatida ikki ayol 15 yoshli o‘smirni 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Voqea Kattaqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralariga ayol murojaat qilib, ikki nafar fuqaro 15 yoshli o‘smirni 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan va dalil sifatida audioyozuvni ko‘rsatgan. 11 iyun kuni ayollar, jumladan, bolaning tug‘ishgan xolasi 20 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, 15 yoshli bola ota-ona qaramog‘isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik xavfi ostida bo‘lgan bolalar bilan shug‘ullanuvchi SOS bolalar qishlog‘ida yashagan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda er-xotin sartaroshxona ochish uchun farzandini sotib yuborgandi. Jinoyatchilarni go‘dakning xaridorlari vijdon azobida garovga qo‘yishgan.

Izohlar

Mavzuga oid