Samarqandda haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani uchun jazolandi — video
Avtomobil haydovchisi jarimaga tortiladi.

3-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 31-may kuni Samarqand shahrida sodir bo‘lgan. Kadrlarda Tracker avtomobili haydovchisi katta tezlikda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, avariya signallarini yoqib, o‘zi va boshqa haydovchilarni xavf ostiga qo‘yganini ko‘rish mumkin.
Huquq-tartibot xodimlari qonunbuzarni topdilar. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakatiga xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan qismiga yoki bo‘lagiga chiqib ketishi) 5-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Moddaga ko‘ra, u BHMning 10 baravari (3 750 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Barcha haydovchilardan haydovchilik madaniyati va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada Nexia-2 haydovchisi Tico bilan halokatli YTH sodir etgandi. Erkak quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
Izohlar