Samarqandda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni uch nafar maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi
O‘smirlar o‘quv yili tugaganini nishonlashga va taqiqlangan joylarda cho‘milishga qaror qilgan.

Samarqand viloyatida ikkita maktabning uch nafar o‘quvchisi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”dan so‘ng cho‘milishga borib, suv havzasida cho‘kib ketdi.
Birinchi holat Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan. So‘nggi qo‘ng‘iroqdan so‘ng 6-maktabning ikki nafar o‘quvchisi fermer xo‘jaligi suv havzasiga borib cho‘milishga qaror qilgan, biroq cho‘kib ketgan. Ma’lum qilinishicha, o‘quvchilar beshinchi darsdan keyin uylariga jo‘natilgan.
Maktab ma’muriyati hodisadan soat 14:30 larda xabar topgan. Ma’lum bo‘lishicha, cho‘kkanlar 6-sinf o‘quvchilari bo‘lgan. Ilgari ularning ota-onalaridan ta’til boshlanganidan keyin bolalar uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari to‘g‘risida tilxat olingan.
Ikkinchi holatda 32-maktabning 8-sinf o‘quvchisi ham o‘quv yilining yakunini suv kanalining taqiqlangan hududida cho‘milish bilan nishonlashga qaror qilib, cho‘kib ketgan. Viloyatdagi 40 dan ortiq maktab rahbariyati hushyorlikka chaqirildi.
Direktorlar, direktor o‘rinbosarlari va sinf rahbarlaridan tushuntirish xatlari olindi. Viloyat prokuraturasi tergov boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda maktab o‘quvchisi “Do‘stlik” kanalida cho‘kib ketgandi. Marhumning jasadi bir sutka davomida qidirilgan.
Izohlar