Toshkent viloyatida o‘smir yigit sinfdoshini pichoqlab o‘ldirdi
Ayblanuvchi marhum bilan do‘st bo‘lib, uning uyiga tez-tez kelib turgan.

Toshkent viloyatida yigit 17 yoshli sinfdoshini vahshiylarcha o‘ldirdi, deb xabar berdi Millar.
Voqea 6-iyun kuni Chinoz tumani “Yallama” mahallasidagi futbol maydonida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 17 yoshli yigit pichoq bilan o‘ldirilgan. Marhumning onasi o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi tarbiyalaganini aytdi. Bundan tashqari, ayblanuvchi ularning uyiga tez-tez mehmonga kelib turgan.
“O‘sha kuni o‘g‘lim qo‘ng‘iroq qilib, do‘stlari bilan o‘ynashga ruxsat so‘radi. U mening ruxsatimsiz hech qachon ketmagan bo‘lardi. Qotillikni uning sinfdoshi sodir etgan”, — dedi u.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdor 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda bir erkak uzoq yillik qarzi tufayli tanishini o‘ldirib qo‘ygandi. Jinoyatchiga 16 yil qamoq jazosi berildi, bundan tashqari, u baribir qarzini oilasiga to‘lashi kerak bo‘ladi.
Izohlar