Hodisa

Toshkent viloyatida sanoat majmuasi binosi yonib ketdi

Yong‘in natijasida korxonaning o‘nlab kvadrat metr tomi va devor qoplamalari yonib ketgan.

Toshkent viloyatida sanoat majmuasi binosi yonib ketdi
Фото: Ситуативное

4-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi sanoat majmualaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi .

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 15:50 da Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi Iftixor sanoat majmuasi Binokorlar ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv guruhlari soat 15:57 da yetib borgan, yong‘in soat 16:22 da mahalliylashtirilgan va 16:33 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida korxonaning tom va devor qoplamalari 90 kvadrat metr maydonda yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirish uchun to‘rtta asosiy turdagi va bitta qo‘shimcha turdagi texnikadan foydalanilgan. Hodisa oqibatida qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda sintetik toʻshak ishlab chiqarish sexida yongʻin chiqqan : halok boʻlganlar va jarohatlanganlar bor. Taxminlarga ko‘ra, yong‘inga ishlab chiqarish jarayonidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid