Hodisa

Toshkentda 11 yoshli o‘gay qizini muntazam ravishda zo‘rlab kelgan erkak sudlandi

Jinoyatchi umumiy tartibli axloq tuzatish koloniyasida 16 yildan ortiq vaqt o‘tkazadi.

Toshkentda 11 yoshli o‘gay qizini muntazam ravishda zo‘rlab kelgan erkak sudlandi

Toshkentda 11 yoshli o‘gay qizini muntazam ravishda zo‘rlagan besh farzandning otasiga hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qiz uning noqonuniy ikkinchi xotinining qizi bo‘lgan. Shu bilan birga, erkak o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmagan. Shuningdek, u besh farzandning otasi. Huquq-tartibot idoralari erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Sud ishda voyaga yetmagan bola ishtirok etganligi sababli yopiq tarzda o‘tkazildi. Natijada jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi erkakni quyidagi moddalar bo‘yicha aybdor deb topdi:

  • 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (O‘ta ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik);
  • 126-1-modda 3-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish, sog‘liqning olti kundan ortiq, lekin 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga sabab bo‘lsa);
  • 112-moddaning 1-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish);
  • 119-modda (Jinsiy ehtiyojni 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan g‘ayritabiiy usulda zo‘rlik ishlatib qondirish).

Jazo muddatlari qisman qo‘shilishi natijasida jinoyatchiga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, tayinlangan muddatning 1 yilini qamoqda, qolgan muddatini umumiy tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tash belgilandi.

Shuningdek, sud erkakka jabrlanuvchiga yetkazilgan 254 653 783 so‘m moddiy zararni qoplash majburiyatini yuklagan. Keyinroq huquqbuzar sud hukmi ustidan apellyatsiya bergan, natijada birinchi instansiya hukmi o‘zgartirilgan. Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 112-moddaning 1-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bo‘yicha ayblovni va ushbu modda bo‘yicha tegishli jazoni chiqarib tashladi. Unga uzil-kesil 16 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Avvalroq Termizda mast erkak qizini zo‘rlamoqchi bo‘lgani va qizaloqqa tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi. Erkak o‘n sutka qamoq jazosi bilan qutulgan.

Izohlar

Mavzuga oid