Hodisa

Toshkentda 19 yoshli yigit uy qarshisidagi daraxtga o‘zini osib qo‘ydi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari sud-tibbiy ekspertizasini tayinladi.

Toshkentda 19 yoshli yigit uy qarshisidagi daraxtga o‘zini osib qo‘ydi

Toshkentda o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qilgan 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bu haqda NOVA24`ga Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 31 may kuni Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashovchi yigitning jasadi “Mavlono Riyoziy” MFY Istiqlol ko‘chasi 1-uy qarshisida joylashgan daraxtga osilgan holda topildi.

Tartib posbonlari voqea joyini o‘rganib, sud-tibbiy ekspertizasini tayinladi. Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga garovda pul yutqazish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Angrenda erkak kishining daraxtga osilgan jasadi topilgani haqida xabar berilgandi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasi e’lon qilingan.

Снежана Самойлова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid