Hodisa

Toshkentda Damas skuter haydovchisini urib yubordi

Aybdor o‘n yilga qamalishi va haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi mumkin.

Toshkentda Damas skuter haydovchisini urib yubordi
Фото: Ситуативное

2-iyun kuni Toshkentda Damas haydovchisi skuter haydovchisini urib yubordi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.

Hodisa soat 23:50 da Sergeli tumani Mirzo-Tursunzoda – Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida skuter haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Damas haydovchisi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Lacetti haydovchisi skuterda yosh kuryer bilan to‘qnashib ketgandi. Yigit kasalxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Mavzuga oid