Turkiyadan fohishalikda ayblangan uch nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi
Politsiya reydlari doirasida yuzdan ortiq odam qo‘lga olindi.

24-may kuni Igdirda odam savdosi, fohishalik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi operatsiya doirasida 107 nafar chet el fuqarosi, jumladan, uch nafar o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Haberler.
Qo‘lga olingan 107 nafar ayoldan 25 nafari Ozarbayjon, 78 nafari Eron, 1 nafari Qirg‘iziston va 3 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Ularning barchasi deportatsiya qilindi.
Ayollar Igdirning ko‘ngilochar joylarida ishlagan va fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. Ular soxta hujjatlar bilan Turkiyada yashagan.
Fohishalik, pora berish va odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanib, 11 kishi qo‘lga olingan. Shundan so‘ng ularning ikki nafari qo‘yib yuborilgan, qolganlari esa sud qarori bilan hibsga olingan.
Avvalroq o‘zbekistonlik ayol aldov yo‘li bilan Hindistonga olib kelinib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlangani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasi fuqaroning qaytishiga yordam berdi.
Izohlar