O‘zbekiston

Afg‘oniston O‘zbekistonga 16 ta yuk mashinasida oq marmar jo‘natdi — video

Sovg‘a Samarqand shahridagi Imom Buxoriy majmuasi qurilishiga ko‘maklashish maqsadida yuborilgan.

Afg‘oniston O‘zbekistonga 16 ta yuk mashinasida oq marmar jo‘natdi — video

Afgʻoniston Oʻzbekistonga Samarqand shahridagi Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun oq marmar yuklangan 16 ta yuk mashinasini joʻnatdi, deb xabar qildi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Termiz shahridagi Xalqaro savdo markazida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘oniston Bosh vaziri devonxonasi rahbari Mullo Abdulla Vose va Balx viloyati rahbari Muhammad Yusuf Vafoning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, savdo, transport, gumanitar va madaniy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Samarqand shahridagi Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun Afgʻonistondan oq marmar yuklangan 16 ta yuk mashinasini qabul qildi.

Bunday hamkorlik ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, o‘zaro hurmat va do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga sabzavot va paxta chigitlarini hadya qilgan edi. Mamlakat qo‘shni respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yordamlashishni rejalashtirmoqda.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid