O‘zbekiston

Endi haydovchilar YIDXP orqali o‘zining qoidabuzarliklari haqida ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi

Axborotda qoidabuzarlik moddasi va jarimalar miqdori ham ko‘rsatiladi.

Endi haydovchilar YIDXP orqali o‘zining qoidabuzarliklari haqida ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi

Endilikda YHQni buzganlik uchun jarima ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn olish mumkin, deb xabar beradi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali matbuot xizmati.

YIDXP ma’lumotlariga ko‘ra, fuqaro yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar haqida my.gov.uz portali orqali ma’lumot olishi mumkin. Axborotda quyidagilar ko‘rsatiladi: to‘plangan jarima ballari miqdori, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ballar qo‘yilishiga asos bo‘lgan moddasi va bandi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza topshirish mumkin. YIDXPda test rejimida yangi xizmat paydo bo‘ldi. Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda tizim avval poytaxtda, keyin esa viloyatlarda joriy etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning yozgi jaziramasidan avtomobilni qanday asrash mumkin? Yoz boshida mamlakatda havo harorati soyada 42 darajagacha ko‘tariladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Hodisa

Boysunda archazor yonib ketdi

Boysunda archazor yonib ketdi