Misrdan O‘zbekistonga gepatit “S”ga qarshi preparatlar partiyasi olib kelindi
Dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan bemorlarga tarqatiladi.

Misrdan O‘zbekistonga 2025-yilda gepatit “S”ga qarshi dorilarning birinchi partiyasi olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muzokaralar natijasida O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati o‘rtasida umumiy qiymati 114 829 dollar bo‘lgan 31 qadoqda 7440 dona “S” gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasini beg‘araz topshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu dori vositalari 31-may kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentga amalga oshirgan reysi bilan olib kelindi. O‘zbekistonda gepatit “S”ni bartaraf etish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy dasturni amalga oshirish doirasida preparatlar Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida davolanayotgan bemorlarga tarqatiladi.
O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024 yillar davomida Misr hukumati mamlakatga gumanitar yordam sifatida gepatit “S”ga qarshi kurashish uchun umumiy og‘irligi 12,4 tonna bo‘lgan 27 partiya “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini taqdim etgan. Ushbu preparatlarning umumiy qiymati 1,4 mln dollarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar maktab va bog‘chalarga qabul qilish uchun pullik emlash talab qilinayotganidan shikoyat qilgandi. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar emlanmagan bolalar birinchi sinfga qabul qilinmasligi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Izohlar