Momaqaldiroq va kuchli shamol: 11-iyun uchun ob-havo
Tog‘larda sel-suv toshqin hodisalari bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda 11-iyun kuni issiq bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, tog‘li hududlarda shamol kuchayishi mumkin, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
- Xorazmda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°;
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 ° , kunduzi 20-25 ° iliq bo’ladi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar o‘ta issiq va quruq may oyini boshdan kechirgani xabar qilingandi. Ayrim hududlarda harorat rekordlari yangilandi.
Izohlar