O‘zbekiston Afg‘onistonga sabzavot va paxta urug‘ini sovg‘a qilmoqda
Mamlakat qo‘shni respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yordamlashishni rejalashtirmoqda.

Oʻzbekiston Afgʻonistonga qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun tanlab olingan urugʻlarni tekin yetkazib berdi, deb xabar qildi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston Islom Respublikasidan qishloq, irrigatsiya va chorvachilik vaziri boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi. Mehmonlar Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari, agroklasterlar va ilmiy markazlar faoliyati bilan tanishtirildi. Ularga qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, yuqori hosildor urug‘lik yetishtirish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari va qayta ishlash sanoatida erishilgan yutuqlar taqdim etildi.
Hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi afgʻon fermerlari va qishloq xoʻjaligi tuzilmalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Xususan, quyidagilar o’tkazildi:
- 5 tonna paxta chigiti (200 gektar uchun);
- 20 tonna guruch (100 gektar uchun);
- 500 kg mosh (25 gektar uchun);
- 187 kg sabzavot urug’i;
- 600 kg sifatli qovun urug‘i.
Amaliy ko‘mak Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi bandligini oshirish va qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsiyalarni joriy etishga yordam beradi.
Avvalroq O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini boshqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Mamlakatlar qog‘ozda suvdan adolatli va oqilona foydalanishga kelishib oldi.
Izohlar