O‘zbekiston

O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSHga viza olish osonlashtirilishi mumkin

Prezident muzokaralarni boshlash va AQSH fuqarolari uchun vizasiz rejimni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSHga viza olish osonlashtirilishi mumkin

O‘zbekistonda AQSH fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilmoqchi, deyiladi prezident farmonida.

15-may kuni prezident “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Qaror bilan 2025-yil oktyabr-noyabr oylarida “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” turizm forumini, 2026-yil aprel oyida esa “Yo‘nalish – Qoraqalpog‘iston” forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga muzokaralar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish va uch oy muddatda AQSH fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi uchun 30 kun muddatga vizasiz rejimni joriy etish va O‘zbekiston fuqarolarining AQSHga kirishi uchun viza rejimini yengillashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etishni topshirdi.

Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolari uchun ichki hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘yicha, shu jumladan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun “bolalar pasporti” bo‘yicha 30 kungacha O‘zbekistonga kirish rejimini joriy etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Bahrayn, Kuvayt va Ummon fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilmoqda. Har yili O‘zbekistonda Xalqaro turizm haftaligi o‘tkaziladi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid