O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi
Shuningdek, tomonlar diplomatiyadan tortib qishloq xo‘jaligi sohasigacha bo‘lgan ikki tomonlama hujjatlar almashdi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, xususan:
- diplomatik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
- 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
- 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi almashildi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Roberto Fitso muzokaralar o‘tkazib, ta’lim, fan va mehnat migratsiyasi kabi sohalardagi hamkorlikni muhokama qilgandi. Tomonlar Slovakiyaning yetakchi kompaniyalari bilan keng ko‘lamli sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlashga kelishib olgan.
Izohlar