O‘zbekiston

O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi

Eng kuchli qo‘zg‘alishlar kechga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 14-iyun kuni O‘zbekistonda «sariq» darajadagi kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 17:00 dan 20:00 gacha bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi. 15-iyunga kelib, bo‘ron intensivligi «qizil daraja»gacha ko‘tariladi va 5 ballni tashkil etadi.

O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.

Avvalroq O‘zbekistonda jazirama bo‘lishi xabar qilingandi. Shuningdek, respublika bo‘yicha shamolning kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid