O‘zbekistonda kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda
Geozarbalarni surunkali kasalliklarga chalingan odamlar ko‘proq sezadi.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 29-may kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq darajadagi” magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalarning eng yuqori cho‘qqisi 08:00 va 11:00 ga to‘g‘ri keladi, kechga yaqin Quyoshning g‘alayonlari zaiflashadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda jazirama bahordan keyin yoz qanday bo‘ladi: sinoptiklar ekstremal haroratni istisno qilmayapti
Izohlar