O‘zbekiston

O‘zbekistonda sinoptiklar yaqinlashib kelayotgan yomg‘irlar tufayli favqulodda xabar tarqatdi

Ba’zi hududlarda aholi hushyor bo‘lishga chaqirildi.

O‘zbekistonda sinoptiklar yaqinlashib kelayotgan yomg‘irlar tufayli favqulodda xabar tarqatdi

O‘zbekistonning sakkiz viloyatida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 10-16 iyun kunlari yog‘ingarchilik tufayli quyidagi hududlarda sel kelishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari.
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari.
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga yo‘l olayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi. Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli mavjud.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklarni yomg‘irli hafta kutmoqda. O‘zbekiston hududi bo‘ylab nisbatan nam havo oqimi kirib kelishi davom etadi.

Izohlar

Mavzuga oid