O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar soliq to‘lashda muammolarga duch keladi

Soliq qo‘mitasi elektron soliq xizmatlari tizimlarida vaqtinchalik nosozliklar haqida ogohlantirdi.

O‘zbekistonliklar soliq to‘lashda muammolarga duch keladi

Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlar va fuqarolarni elektron soliq xizmatlari tizimidagi vaqtinchalik nosozliklar haqida ogohlantirdi.

Texnik nosozliklar tufayli my.soliq.uz va my3.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portallari, ijara.soliq.uz, esi.uz saytlari, EHF rouming operatori va boshqa servislar hamda Soliq mobil ilovasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

“Mutaxassislar xizmatlarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqdalar. Tushunganingiz uchun rahmat va vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, endilikda o‘zbekistonliklar soliq hujjatlarini Face-ID orqali tasdiqlashlari mumkin. Fuqarolarning soliqlarni qayta hisoblash bo‘yicha arizalarini ko‘rib chiqish muddati ham uch baravarga qisqardi.

Izohlar

Mavzuga oid