O‘zbekistonliklar yadroviy xatarlar yuz bergan taqdirda tovon puli olishi mumkin bo‘ladi
Deputatlar tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini Senatda ma’qullash kerak.

O‘zbekistonda yadroviy zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat Vena konvensiyasiga yadroviy qurilma operatorining o‘z nazorati ostidagi obyektlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, yadroviy zarardan moliyaviy himoya qilishning minimal talablarini belgilash maqsadida qo‘shilgan.
Xususan, konvensiyaga qo‘shilish O‘zbekistonga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- fuqarolik yadro obyektlaridagi hodisalar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimini, zararni qoplash tartibi, muddatlari va prinsiplarini belgilash;
- yadroviy qurilmalar operatorlarining majburiyatlarini aniq belgilash va ehtimoliy zararni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlar yaratish;
- yadroviy xavfsizlik milliy tizimiga ishonchni oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yadroviy xavfsizlik sohasidagi normalar va standartlarga rioya etish.
Qayd etilishicha, hujjatning tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanishni kengaytirish sharoitida ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlarini xalqaro miqyosda tan olish, shuningdek, ehtimoliy yadroviy zararni qoplash kafolatlarini ta’minlash imkonini beradi. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi, endi u Senatda ko‘rib chiqilishini kutmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston va AQSH yadro kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirishi xabar qilingandi. Mamlakatlarning chegara bojxona postlarida radiatsion portal monitorlari o‘rnatilishi boshlanadi.
Izohlar