O‘zbekistonliklarni issiq va quruq hafta kutmoqda
Havo harorati hafta oxiriga kelib deyarli 40 darajagacha ko‘tariladi.

2–5-iyun kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. 2-iyun kuni kunduzi respublika hududining katta qismida harorat 30-35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 38 darajagacha bo‘ladi, hafta o‘rtasiga kelib esa havo 36-39 darajagacha, janubda 42 darajagacha isiydi.
Respublika shimolida bugun va ertaga havo harorati 38-40° bo‘lgan eng issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, chorshanba kunidan haroratning 32-37° gacha asta-sekin pasayishi boshlanadi. 3-4 iyunda shimolda va cho‘l hududlarda, 5 iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat bugun 30-32°, ertaga 33-35°, chorshanba va payshanba kunlari 35-38° bo‘ladi.
Izohlar