O‘zbekiston

O‘zbekistonliklarni salqin dam olish kunlari kutmoqda

Mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonliklarni salqin dam olish kunlari kutmoqda

31-maydan 1-iyungacha O‘zbekiston hududlari ustida salqin va nam havo massalari aylanishda davom etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 25-28°, janubda 30-33° bo‘ladi. Dam olish kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 31 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi, shanba kuni 28-31° gacha, yakshanba kuni 32-35° gacha ko‘tariladi.

Respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 30-may kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 26-28° bo‘ladi. Dam olish kunlari kam bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 28-30°, yakshanba kuni 29-31°. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid