O‘zbekiston

O‘zbekistonliklarni salqin hafta kutmoqda

O‘zbekiston hududiga nam havo kirib kelishi davom etmoqda.

O‘zbekistonliklarni salqin hafta kutmoqda

26–30-may kunlari O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo kirib kelishi davom etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning shimoli, janubi va cho‘l zonasida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi.

Faqat 26-mayda kunduzi Qoraqalpog‘istonda, 27-mayda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Harorat bugun kunduzi 27-32°, ertaga 22-25° bo‘ladi. 28-30-mayda 25-30°, ba’zi joylarda 32° gacha. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida: bugun kunduz kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 29-31° bo‘ladi. Ertaga asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 23-25° bo‘ladi. 28-may, chorshanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 28-30° bo‘ladi.

29-30-mayda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat 29-mayda kechga tomon, 30-mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid