O‘zbekiston

O‘zbekistonliklarni salqin va uzoq dam olish kunlari kutmoqda

Hafta oxiriga kelib respublika hududiga nam havo massasi tarqala boshlaydi va yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonliklarni salqin va uzoq dam olish kunlari kutmoqda

6–7-iyun kunlari respublika hududiga nisbatan salqin va nam havo massasi tarqala boshlaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

5-iyun kuni kunduz kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 36-39° atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40-42° gacha bo‘ladi.

6-iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, 7 iyunda Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 6-iyunda, markaziy va sharqiy hududlarda 7-iyunda harorat 28-33° gacha, yomg‘ir yog‘ganda 25-27° gacha pasayadi. 8-iyun kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 2-3 darajaga ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 5-6 iyunda ba’zi joylarda shamol tezligi 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 7 iyunda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Toshkentda: 5-iyun kuni kunduzi kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat 36-38 darajani tashkil etadi. 6-iyun kuni o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Shamolning 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat taxminan 33 daraja atrofida bo‘ladi. 7-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq ehtimoli bor. Harorat 27-29 daraja. 8-iyun kuni yog‘ingarchiliksiz. Harorat 33-35 darajaga yetadi.

Izohlar

Mavzuga oid