O‘zbekiston

O‘zbekistonni kuchli magnit bo‘roni qoplaydi

Geomagnit buzilishlar ikki kun davom etadi.

O‘zbekistonni kuchli magnit bo‘roni qoplaydi

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 6-iyun kuni O‘zbekistonda “sariq” darajadagi magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 14:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi. 7-iyun kuni bo‘ron intensivligi yana 4 ballgacha ko‘tariladi. 8 iyunga kelib, gezarbalar kuchi 3 ballgacha pasayadi.

O‘zbekistonni kuchli magnit bo‘roni qoplaydi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.

Avvalroq o‘zbekistonliklarni salqin va uzoq dam olish kunlari kutayotgani xabar qilingandi. Hafta oxiriga kelib respublika hududiga nam havo massasi tarqala boshlaydi va yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid