O‘zbekistonning eksport bo‘yicha asosiy hamkor davlatlari sanab o‘tildi
2024-yilda yetakchi bo‘lgan Rossiya ikkinchi o‘ringa tushib ketdi.

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston uchun tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega hamkor davlatlar Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston bo‘ldi, deb xabar beradi Statistika agentligi matbuot xizmati.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar Xitoy (4,2 mlrd dollar), Rossiya (3,7 mlrd dollar) va Qozog‘iston (1,4 mlrd dollar) bo‘ldi.
Keyingi o‘rinlarda:
- Turkiya – 834 mln dollar;
- Koreya – 584,1 mln dollar;
- Afg‘oniston – 504,5 mln dollar;
- Fransiya – 472,8 mln dollar;
- Germaniya – 423,8 mln dollar;
- Hindiston – 383 mln dollar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yil boshidan buyon milliardlab dollarlik oltin sotgan. Mamlakat eksportida qimmatbaho metallning ulushi sezilarli darajada oshdi.
Izohlar