O‘zbekiston

Oliy Majlis Senati a’zosi Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi

Senator 2002-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Oliy Majlis Senati a’zosi Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi

6-iyun kuni Oliy Majlis Senati a’zosi Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati.

Azim Latipov 1951-yil 6-iyunda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda jamoa xo‘jaligida zootexniklikdan boshlagan. Buxoro viloyatida paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik sohalarida ishlagan. Fermer xo‘jaligida qovunning qadimiy navlarini yaratish, hosildorlikni oshirish kabi faoliyat turlari bilan ham shug‘ullangan.

1996–2007-yillarda “Buxoro” jamoa xo‘jaligi a’zosi bo‘lib ishlagan. 1996-yilda “Shuhrat” medali, 2002-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Uch marta O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylangan. 2004–2019-yillarda Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi. 2004-yildan xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yosh yulduz Shirin Abdullayeva vafot etgandi. 19 yoshli xonanda meningit tufayli bir necha oy komada bo‘lgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid