O‘zbekiston

Qamchiq dovoniga ko‘chki tushdi — video

A-373 trassasi qisman yopilgan.

Qamchiq dovoniga ko‘chki tushdi — video

7-iyun kuni Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida A-373 avtomobil yo‘lining 137-kilometrida tog‘ yonbag‘irlaridan loy, tosh va shag‘al ko‘chgan. Mas’ul tuzilmalar ko‘chki oqibatlarini bartaraf etmoqda, jabrlanganlar yo‘q.

Yo‘l harakati xavfsizligi YPX xodimlari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, hozirda ushbu uchastkada harakatlanish faqatgina «Toshkent – Farg‘ona vodiysi» yo‘nalishida reversiv sxema bo‘yicha vaqtincha amalga oshirilmoqda. Yo‘l tozalangandan so‘ng harakat avvalgi holatiga qaytariladi.

Soat 19:16 da yo‘lni to‘liq tozalab, harakatni tiklashga muvaffaq bo‘lindi.

Noqulay ob-havo va bayramdan keyingi shanba kuniga qaramay, mas’ul tuzilmalar tinimsiz ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda, dovonda kechadan beri yomg‘ir yog‘moqda, sirpanchiq yo‘l tufayli 15 tonna yuk ortilgan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni eplay olmadi, yuk mashinasi burilib ketdi, natijada yo‘l butunlay yopildi. Mahalliy FVB avariya oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etdi.

Avvalroq dovonda Nexia yuk mashinasiga borib urilgan va yonib ketgandi. Qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirib, jabrlanganlarni shifoxonaga olib ketishgan.

Izohlar

Mavzuga oid