Shavkat Mirziyoyev bolalar telefonda ko‘p vaqt o‘tkazayotgani xavotirli ekanini aytdi
Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligiga

Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Hozirda 7-11 sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham o‘ylantirishi zarurligi qayd etildi.
Biz maktabgacha va maktab ta’limi tizimida katta o‘zgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar bor, dedi davlat rahbari.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda to‘qson kunlik” tartibida ishlashga o‘tish topshirildi.
Shuningdek o’qing: Nima uchun telefonga qaramlik bolalar uchun xavfli? Sog’liqni saqlash vazirligining javobi
Izohlar