O‘zbekiston

Toshkent ko‘chalaridan birini rivojlantirish uchun 80 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Qaror poytaxt hokimi tomonidan imzolandi.

Toshkent ko‘chalaridan birini rivojlantirish uchun 80 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasini obodonlashtirish uchun 81,5 mlrd so‘m ajratiladi, deyiladi poytaxt hokimining qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mablag‘lar poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratiladi. Rasmiylar ularni piyodalar va velosiped yo‘laklari, istirohat bog‘lari va favvoralar qurish, shuningdek, obodonlashtirish ishlariga sarflashni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, xuddi shu puldan uy-joy egalari va yerlari shahar zaxira fondiga o‘tkazilgan fermerlarga kompensatsiya to‘lash rejalashtirilgan.

Avvalroq Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish rejasiga markaz bo‘ylab ajratilgan joylar, “kesilgan doira” va avtoturargohlar kiritilgani haqida xabar berilgandi. Ishlar 1-iyundan boshlanadi, rasmiylar aholi o‘z tuzatishlarini kiritishi mumkinligiga ishontirgan.

Izohlar

Mavzuga oid