Toshkent metrosi bepul bo‘ladi
Lekin vaqtincha.

Toshkentda Qurbon hayiti munosabati bilan metro hayit namozi vaqtida bepul bo‘ladi, deb xabar bermoqda Metropoliten axborot xizmati.
Shunday qilib, 6-iyun kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida metropoliten o‘z ishini ikki soat oldin — ertalab soat 03:00 dan boshlaydi. Bundan tashqari, Qurbon hayiti kuni soat 03:00 dan 10:00 gacha barcha yo‘lovchilar uchun metroda yurish bepul bo‘ladi. Shuningdek, boshqa bayram kunlari poyezdlar harakati quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- 7-iyun — shanba kuniga mo‘ljallangan jadval asosida;
- 8-iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalga muvofiq, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish ertalab soat 05:00 dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham Qurbon hayiti munosabati bilan avtobuslar erta tongdan harakatlanishni boshlaydi. Bu barcha xohlovchilarga hayit namozida ishtirok etish uchun yo‘lni osonlashtirishi kerak.
Izohlar