O‘zbekiston

Yomg‘ir va momaqaldiroq: 7-iyun uchun ob-havo

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi ehtimoli bor.

Yomg‘ir va momaqaldiroq: 7-iyun uchun ob-havo

7-iyun kuni O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi mumkin, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkentda o‘zgaruvchan bulutli, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 27-29° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Xorazmda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°;
  • Buxoro va Navoiyda o‘zgaruvchan bulutli, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 25-30°;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°;
  • Farg‘ona vodiysida o‘zgaruvchan bulutli, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda o‘zgaruvchan bulutli, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°.

Avvalroq sinoptiklari o‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz sovuq dam olish kunlari kutayotganini ma’lum qilgandi. Yo‘llarda ayrim joylarda muzlash va tuman bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid