Davlat organlari va sudlarning noqonuniy xatti-harakatlari uchun kompensatsiya to‘lash boshlanadi
Zararni qoplashni Konstitutsiya ta’minlaydi, ammo harakat mexanizmi hali ham mavjud emas.

Deputatlar davlat organlarining qonunga xilof qarori, harakati yoki harakatsizligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi va qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga ko‘ra, har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi hamda har kim davlat organlarining harakatlari yoki harakatsizligi natijasida o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.
“Bugungi kunda davlat organlarining sud qarori bilan qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonni qoplashni tartibga solish biron-bir normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinmagan”, deyiladi xabarda.
Qonun loyihasi bilan yetkazilgan zararni qoplash, hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan to‘langan mablag‘larni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organi mansabdor shaxsidan to‘liq undirish va hududiy kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish tartibi belgilanmoqda.
Qonun tashabbuskorlari qo‘yilgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berib, mazkur hujjat fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga qaratilganini ta’kidladi. Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektr va gaz uchun kompensatsiya olish uchun arizalar qabul qilish boshlangan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi to‘lovni qanday olish mumkinligini ma’lum qilgan.
Izohlar