Pul

Turkiyada hosilsizlik fonida O‘zbekistonda limon keskin qimmatlashdi

Narxlar kuzga kelib barqarorlashadi.

Turkiyada hosilsizlik fonida O‘zbekistonda limon keskin qimmatlashdi

EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda limon narxi 65 foizga oshib, kilosi 70 ming so‘mga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning iyun oyiga nisbatan sitrus mevalar narxi 3 barobarga oshgan. Ayni paytda Argentinadan import qilingan limonning kilosi 53 ming so‘mdan sotilmoqda, mahalliy limon esa 70 ming so‘mga yetgan.

Qayd etilishicha, bunga O‘zbekistonning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan Turkiyada ro‘y bergan sitrus mevalari hosilsizligi sabab bo‘lgan. Mahalliy bozorlarda limon narxi 3-4 barobarga oshib, tashqi savdoga ta’sir ko‘rsatdi. Aprel oyida mamlakat rasmiylari limon eksportini taqiqlashga harakat qilishdi, ammo bosim ostida qaror bekor qilindi, shuning uchun may oyiga kelib narxlar 60 liraga yoki kilosiga yetdi.

Limon tanqisligi natijasida mevalar hatto Argentinadan ham olib kelina boshlandi, bu esa uzoq masofaga qaramay, turk limonini sotib olishdan ko‘ra foydaliroq bo‘ldi. Biroq, baribir, mevaning yakuniy narxi sezilarli darajada oshdi. Qayd etilishicha, issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahalliy “Meyer” navli limon may oyiga kelib bozorlarda deyarli tugadi, yangi hosil esa faqat avgust oyida kichik hajmda paydo bo‘ladi, shu sababli narxlarning pasayishini faqat oktyabr oyiga yaqin, yangi hosilni yig‘ib olish boshlanganda kutish mumkin.

Avvalroq o‘zbekistonlik eksportchilar mevalarning minimal narxlari joriy etilganidan shikoyat qilgani xabar qilingandi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi holatga oydinlik kiritgan.

Izohlar

Mavzuga oid