AQSHda eng mashhur tiktoker Xabi Leym vizasi muddati o‘tgani uchun hibsga olindi
Italiyalik ijodkor ertasi kuni vataniga qaytgan.

AQShda dunyodagi eng mashhur TikTok blogeri Xabi Leym vizasi muddati o‘tgani uchun hibsga olindi, deb yozadi France24.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 6-iyun kuni Las-Vegasdagi Garri Rid nomidagi xalqaro aeroportda sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari 25 yoshli blogerni Amerika immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun hibsga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Italiya fuqarosi mamlakatga 30 aprel kuni kirib kelgan va vizasi muddatini o‘tab yuborgan.
Biroq tartib posbonlari ertasi kuniyoq blogerni ozod qilishdi, shundan so‘ng Xabi Leym AQSH hududini tark etdi. Blogerning o‘zi voqeaga hech qanday izoh bermagan. Qayd etilishicha, Xabi Leym YUNISEFning yaxshi niyat elchisi maqomiga ega va TikTok’da obunachilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi — 162,2 mln.
U o‘z faoliyatini 2020-yilda boshlagan va 2022-yil iyunidan 2023-yil sentyabrigacha Leym reklama va marketing shartnomalari orqali taxminan 16,5 million dollar ishlab topgan. Ta’kidlanishicha, Leym bilan bog‘liq vaziyat AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan olib borilayotgan migratsiya siyosatining qat’iylashtirilishi fonida yuzaga kelgan.
Izohlar