Shou-biznes

“Dunyo go‘zali — 2025” nomi e’lon qilindi

Sayyoraning eng go‘zal qizi toji uchun 108 nafar ishtirokchi kurash olib bordi.

“Dunyo go‘zali — 2025” nomi e’lon qilindi
epa12147582 Opal Suchata from Thailand sits onstage after winning the 72nd Miss World grand finale held at the HITEX Exhibition Centre, in Hyderabad, India, 31 May 2025. EPA/DIVYAKANT SOLANKI

Hindistonda “Dunyo go‘zali — 2025” tanlovi finali yakunlandi, unda Tailandlik 21 yoshli Opal Suchata Chuangstri g‘olib bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, final Hindistonning Haydarobod shahrida o‘tkazildi. G‘olibning ismi 31-may kuni e’lon qilindi. Sayyoramizning eng go‘zal qizi toji uchun dunyoning 108 nafar ishtirokchisi, jumladan, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan da’vogarlar Sabina Idrisova va Ayjan Chanacheva kurashdi.

Natijada g‘olib tojini Tailand vakili Opal Suchata Chuangstri kiydi. Bangkoklik qiz xalqaro munosabatlar fakultetini tugatgan va siyosat hamda xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavr darajasini olmoqda. Bundan tashqari, u Pxuketda mehmonxona biznesini boshqaradi va to‘rtta tilni: tay, ingliz, ispan va xitoy tillarini biladi.

Shuningdek, g‘olib qiz inson huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan ham faol shug‘ullanadi. 16 yoshida u ko‘krakdagi xavfsiz o‘smani olib tashlash operatsiyasini boshdan kechirgan, bu esa uni Opal For Her kampaniyasini boshlashga ilhomlantirgan. Loyiha ko‘krak salomatligi va erta tashxis qo‘yishning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

Qiz go‘zallik sohasidagi faoliyatini 2012-yilda “Miss Rattanakosin” tanlovida ishtirok etish bilan boshlagan, ammo u yerda sovrindorlar qatoriga kira olmagan. 2022-yilda u “Koinot go‘zali Tailan” milliy tanlovida qatnashdi va 2024-yilda xuddi shu tanlovda Bangkokni taqdim etib, bir nechta maxsus mukofotlarni, jumladan “Jozibali iste’dod go‘zali” va “Go‘zallik va ishonch go‘zali” unvonlari hamda bosh titulni qo‘lga kiritdi.

“Koinot go‘zali — 2024” xalqaro tanlovida qiz g‘olibdan kichik farq bilan orqada qolib, uchinchi o‘rinni egalladi, 2025-yilgi tanlovda esa g‘oliblik unvonini qo‘lga kiritdi. “Dunyo go‘zali — 2025” tanlovida ikkinchi o‘rinni Efiopiyaning eng go‘zal qizi Xasset Drej Admassa, uchinchi o‘rinni esa Polsha vakili Mayya Klayd egalladi.

Avval xabar qilinganidek, 2024-yilda Yaponiyada “Miss International” tanlovi finali bo‘lib o‘tgan va unda vyetnamlik 22 yoshli talaba g‘olib chiqqandi. Vyetnamlik Xyuin Txi Txan volontyorlik bilan shug‘ullanadi va tillar o‘rganadi.

Izohlar

Mavzuga oid